Munk, Mink
Munk, Mink — o’rta asrlardagi (10-a.) Xuttalon viloyatining eng Yi- rik shahri. Qizilsuv daryosi (Tojiki- ston)ning yuqori oqimida, Obimozor daryosining o’ng qirg’og’ida, Hovaling qishlog’idan 1 km shim.-g’arbdajoylashgan Shahri ming xarobasi o’rnida bo’lgan. M.da hayot Kushon podsholigi davri (1— 4-a.)dan mo’g’ullar istilosigacha (13-a. boshi) davom etgan. M. dastlab Avestoda va «Shohnoma»da tilga olingan. Ilk o’rta asrlarda M. kichik shahar bo’lsada, keng rustoqqa ega bo’lgan. M. obod, chiroyli shahar bo’lib, aholisi jangovarligi b-n ajralib tur- gan. V. V. Bartold M.ni hoz. Baljuvon o’rnida bo’lgan deb hisoblaydi. M.ning qabristoni hoz. Xonaqo qishlog’i yonida bo’lgan, mayyitlar yog’och tobutlarda, shim. ga qaratib dafn qilingan. Mayyitlar- ning bir qismi (10-14-a.) mongoloid irqiga mansub bo’lgan, 10-12-a.larda M.da hunarmandchilik taraqqiy etgan.