Mikdor
Mikdor, kattalik (matematika da) — asosiy matematik tushuncha; kesma uzunligi, sirt yuzi, jism hajmi va mas- sasi kabi tushunchalarning umumlashma- si. Bular skalyar M.lar deb ataladi. Bir xil skalyar M.larni o’zaro taqqoslash uchun o’lchov birligi tanlab olinadi (mas, uzunlikni ifodalovchi M.lar uchun metr, massani ifodalovchi M.lar uchun gramm va b.). M.lar o’lchov birligiga nisbatan son b-n ifodalanadi. Mat.da M.ning fizik tabiatiga bog’liq bo’lmagan xusu- siyatlari olinadi. M.lar uchun tenglik, tengsizlik (katta, kichik), qo’shish, ay- irish va b. munosabatlar aniqlanadi. Ma’lum yo’nalishdagi kesma, tezlik, kuch va b. tushunchalar vektor M. tushunchasiga olib keladi. Geometriya, mexanika va b. sohalarda vektorlardan ham umumiyroq bo’lgan tenzor, kvaternion tushunchalari qo’llaniladi. R. Dekart mat.ga izchil ra- vishda o’zgaruvchi M. tushunchasini kirit- Di. Bu tushuncha mat. taraqqi-yotida, jum- ladan, differentsial va integral hisob yaratilishida muxim rol o’y naydi (q. Differentsial hisob, integral hisob). M. ba’zi hrllarda qiymat deb yuritila- Di.