Ili
Ili — Xitoy va Qozog’istondagi Daryo. Sharqiy Tyanshandan Tekes va kun- GES daryolari nomi b-n boshlanib, sins- zyanda (Xitoy) birga qo’shiladi va bal- Xash ko’liga quyiladi. Uzunligi (Tekes b-n birga) 1439 km, Kunges va Tekesning qo’shilgan eridan hisoblansa 1001 km. Havzasining mayd. 140 ming km2. O’ngdan yirik qosh irmog’i qo’shilgandan keyin I. kengayadi va sersuvroq bo’lib oqadi. Quyilish joyida uzun va tor Delta hosil qilgan. Qor va muzliklardan suv oladi. Dek. da muzlab, martda muzdan bo’shaydi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyida 329 m3/sek. Qapchig’ay GES va suv ombori qurilgan. I. katta irriga- tsiya ahamiyatiga ega. Asosiy irmoqlari: Qosh (Xitoyda), Xo’rgo’s (o’ngdan), chilik, Charin, Talg’ar, Qaskelen, kruti (chapdan). G’ulja sh. dan Qozog’istonning Baqanas pri-stanigacha kema qatnaydi. Ili inqilobi (1944-49) – uyg’ur xalqining milliy ozodlik harakati. Go- mindan hukumatining 10 ming ot etka- zib berish haqidagi farmonidan g’azabga kelgan Nilqa tumanining chorvadorlari 1944 y. kuzida G’ani va Akbar botirlar rahbarligida tuman markaziga qujum qilib, uni ishg’ol qildi. Qo’zg’olonni Ili viloyatining barcha aholisi qo’llab- quvvatladi. Tez orada G’ulja Gomindan- chilardan tozalandi. G’uljada 12 noyab. da Alixonto’ra boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Yangi hukumat Chan- Kayshi hukuma-tini tanimasligini, XI- toycha «Sin-Szyan» nomini bekor etib, Sharqiy Turkiston Respublikasi tuzil- ganligini e’lon qildi. 1945 y. 5 yanv. da 9 mod-dadan iborat dastur qabul qilinib, unda Sharqiy Turkistonda Xitoy istib- dodi asoratini yo’qotish, millatlarning teng huquqliligiga asoslangan Respu- blika tuzumini joriy etish, demokra- tik islohot o’tkazish, sog’liqni saqlash, maorifni rivojlantirish, milliy kad- rlar etishtirish va-zifalari qo’yildi. Inqilobiy hukumat muntazam milliy armiya tuzdi (1945). Milliy armiya ili, Tarbag’atoy va Oltoy viloyatlarini go- mindanchilardan ozod etdi (1945 y, oxi- ri). Shundan so’ng Chan Kayshi hukumati yon bosishga majbur bo’ldi. 1946 i. 6 iyun- da xalq vakillari b-n Markaziy hukumat vakili o’rtasida 11 moddadan iborat tinchlik bitimi imzolandi. Sharqiy Turkiston aholisining demokratik xuqukdarini e’tirof etgan bitimning tuzilishi I. i. ning katta g’alabasi edi. 1946 y. ning iyulida bitimga muvofiq koalision hukumat tuzildi. Xalq say- lash va saylanish huquklarini oldi. Le- kin, 1947 y. mayda Chan Kayshi bitimni buzib, Maxsud rahbarligida Sintszyan hukumatini tashkil etdi. Ammo, Sharqiy Turkiston Respublikasi 1949 y. Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgunga qadar mustaqil siyosat olib bordi. Ili sultonligi – ili qo’zg’oloni davrida Sharqiy Turkiston- da tashkil topgan uyg’ur-tungan davlati. Tunganlardan toji Oxun, uyg’urlardan Muazzamxon hukumat boshlig’i qilib tayinlandi. Ikkalasi kelishib, farmon chiqarish huquqiga ega bo’lishdi. Kengash- da davlatning quyi organlari ham saylandi. I. s. da maxsus harbiy idora va muntazam qo’shin bo’lmagan, urush harakatlari boshlanganda, aholi o’z ot-ulovi, oziq-ovqat va qurollari b-n etib kelgan. Hukumat manjur man- sabdorlari va Xitoy askarlarining er- larini dehqonlarga bepul taqsimlab berdi, kambag’al dehqonlarni urug’lik uchun g’alla, em-xashak va ot-ulov b-n ta’minladi. Ko’p soliklarni bekor qildi. 1871 y. Ili o’lkasini Ettishahar hukmdori Yoqubbek tomonidan ishg’-ol etilishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, bu erni podsho Rossiyasi egalladi. Shu b-n I. s. tugatildi. 1881 y. gi Peterburg shartnomasiga muvofiq, ili o’lkasi Xi- toyga qaytarib berildi. Ili qo’zg’oloni (1864-66) – Xi toydagi Taypin qo’zg’oloni ta’sirida Sharqiy Turkistondagi tungan va uy- g’urlarning milliy ozodlik harakati. 1863 y. oxirida ili jonjuni (voli- si) ga tunganlarni qirib tashlash haqida Pekindan yuborilgan maxfiy ko’rsatma qo’zg’olonga sabab bo’ldi. Qo’zg’olon tez- da bostirilib, uning rahbarlari qatl etildi. Biroq, xalq harakati to’xtamadi. 1864 y. okt. da ili aholisi ustma-ust soliklarga qarshi Abdu-Rasul Hakimbek rahbarligida yana qo’zg’olon ko’tardi. Qo’zg’olonchilar g’ul-janing xitoylar yashaydigan mahalla-siga to’satdan kecha- si hujum qilib, ko’p qurol-aslahalarni o’lja oldi. Tezda Tikas, Chilpanza qo’rg’onlarini ishg’-ol qildi. 1865 y. 20 dek. da Bayandoy qal’asi portlatildi. 1866 y. boshlarida manjur askarlari- ning asosiy qismi joylashgan G’ulja qal’alari ham qo’lga olindi. Shunday qilib, 1866 y. 23 yanv. da ili o’lkasining barcha tumanlari manjurlardan tozalan- Di. I. q. davomida uyg’ur va Tunganlar- ning mustaqil davlati — ili sultonli- gi tu-zilgan.