Iste’mol krediti
Iste’mol krediti – is- te’mol ehtiyojlarini qondirish uchun qaytarishlik sharti b-n aholiga beri- ladigan pul mablag’lari yoki tovarlar- dan iborat kredit. Odatda, aholining qimmatbaxr tovarlarni xarid etishi uchun ajratiladi. Uzoq foydalanadigan tovarlar (avtomashina, uy, dala hovli, yaxta va h. k.) borki, ularni xarid etish uchun joriy daromadlar etishmay qoladi, ularni narxi yuqori bo’lganidan nasiyaga olish zarurati paydo bo’ladi. I.k. bevo- Sita (bunda tovar egasi uni xaridorga o’z nomidan nasiyaga sotadi va xaridor- ni o’zining qarzdoriga aylantiradi) va bilvosita (bunda kreditni bank bera- Di, ya’ni tovar xa-qini to’lab yuboradi va xaridor tovar egasidan emas, balki bankdan qarz bo’lib qoladi) kredit be- rish orqali amalga oshiriladi. I. k. berilganda xaridor uchun tovar narxi oshadi, chunki u kelajakda kaytarila- digan pul tarkibida tovar nakdiga so- tiladigan narxdan tashqari qarz uchun foiz ham to’laydi. Ammo tovarlarni so- tish mushkullashganda va aholining mu- ayyan qatlamini qo’llab-quvvatlash zarur bo’lganda foizsiz kredit ham ochiladi. Mas, talabalarga o’qish haqini to’lash uchun I. k. ochilganda foiz undirilmas- ligi mumkin. Firma o’z ishchisi yoki xiz- matchisiga tovar olish, o’qish yoki davola- nish uchun arzon yoki foizsiz kredit be- radi. I. k. iste’molchini zamonaviy, Le- kin qimmatbaho tovarlardan bahramand etish, kishilarda kelajakda yaxshi da- romad topishga intilish hosil qilish (chunki qarzni tulash qo’shimcha daromad talab qiladi) va ichki milliy bozorni kengaytirish hisobiga tovarlar sotuvi- ni oshirib, kapital oborotini tezlash- tiradi. Ko’pchilik xori-jiy davlatlar, xususan, AQShda aholiga I. k. berish keng rivojlangan. Ularda iste’molchi- lar kundalik ehti-yoj uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, hatto uzoq foydalaniladigan maishiy texnika, shuningdek, avtomobillar va b. ni ham nasiyaga olishi mumkin. Mahsulot yoki tovar haqi iste’molchining kelgusi- da ishlagan haqidan undirib olinadi. I. k. hamma erda emas, balki to’yingan bozor (daromad topib qarzni to’lash imkoni bor) erda amal qiladi. O’zbekistonda 90-y. larning 2-yarmidan boshlab «O’zuyjoyjamg’armabank» dav- lat-aktsiyadorlik uy-joy jamg’arma banki aholiga kvartiralar sotib olish uchun I. k. ajratadi. Ahmadjon O’lmasov.