ZOSHCHENKO MIXAIL MIXAYLOVICH
ZOSHCHENKO MIXAIL MIXAYLOVICH [1895.29.7 (10.8), Peterburg -1958.22.7, Leningrad] — rus yozuvchisi, hajvchi, «Og’a-ini Serapionovlar» adabiy guruhining a’zosi. 1921 yildan vaqtli matbuotda kichik asarlar bilan muntazam katnasha boshlagan. «Nazar Ilich, janob Sinebryuxovning hikoyalari» to’plami (1922) va undan keyin yozgan hikoyalari Zoshchenko ni mashhur qildi. Zoshchenko ilk asarlari («Hurmatli fuqarolar», 1926; «Kimning ustidan kulyapsiz?», 1928) da yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davridagi meshchanlar ustidan kuladi. «Qora Shahzoda» (1936), «Qasos» (1937), «Taras Shevchenko» (1939) va boshqa qissalar muallifi. Zoshchenko asarlari VKP (b) MK ning «Zvezda» va «Leningrad» jurnallari to’g’risida» gi (1946) qarorida sho’ro voqeligiga tuhmat sifatida ayovsiz tanqidga uchragan. Zoshchenko hikoyalar to’plami o’zbek tilida N. Aminov tarjimasida nashr qilingan (1992).