ZOG’NUL
ZOG’NUL (fors, zog’ — qarg’a va nul — tumshuq) — qadimgi urush quroli. Har xil metalldan yasalgan; zo’g’atasi qarg’a boshiga, uchi qarg’a tumshug’iga o’xshash, dastasi yog’ochdan bo’lgan. Hindistonda, ayniqsa, Bobiriylar hukmronligi davrlarida ko’proq ishlatilgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Zog’nuldan dehqonchiliqda ham foydalanilgan. Ba’zan uni cho’kich deb ham yuritishgan.
O‘xshash so‘zlar
- ZOG’ORA
- ZOG’ORA BALIQ
- ZOG’OZA
- ZOHIDLIK
- ZOHIDON
- ZOHIDOV ABDULLA ZOHIDOVICH
- ZOHIDOV HAKIM ZOHIDOVICH
- ZOHIDOV IBROHIMJON





