Ipak qurti

Ipak qurti — hasharotlar sin- Fi, tangaqanotlilar turkumi tut va eman ipak kurti oilasiga kiradigan kapala- klarning qurtlik (lichinka) davri. Ipak qurtlari Bombycidae va Saturnidae oila- lariga bo’linadi. Bombycidae oilasiga xonakilashtirilgan tut ipak qurti (20 ga yaqin turi bor), Saturnidae oilasiga esa yovvoyi (eman) ipak qurtlari kiradi. Eman I. q. bir yilda bir, ikki, ba’- zan uch avlod beradi va eman daraxti bar- gi b-n oziqlanadi. Xitoy, yapon, hind eman I. q. turlari mavjud (q. Eman ipak qurti). Tut I. q. tut bargi b-n oziklanadi va bir yilda necha avlod berishiga qarab monvoltin (bir avlod), biovoltin (ikki avlod) va polivoltin (ikki-ta- dan ortiq avlod beradigan) zotlariga bo’linadi. O’zbekistonda faqat tut I. q. boqiladi. Ipak qurtlari o’z rivojla- Nishida tuxum, qurt, g’umbak va kapalak bosqichlarini o’tadi, so’nggi kapalaklik davrida I. q. batamom voyaga etgan bulib, urchish qobiliyatiga ega bo’ladi. Uning kurtlik davri 5 yoshdan iborat. 1 yoshdan 2-yoshga o’tishda pust tashlaydi. I. q. buyi 1-yoshi boshida 3— 4 mm bulib, 5-yoshi oxirida 85-88 mm ga; vazni 0,0004 g dan 3,5—5,0 g ga etadi. Bitta qurt hayotida 20-25 g barg (75-80% ini 5-yoshida) eydi. I. q. gavdasi bosh, kukrak va qorin qismlaridan iborat. Qurt yoshligida uning boshi qora tusda bulib, yoshi kat- talashib, qurt usgan sari oqarib boradi va 5-yoshda qo’ng’ir-jigarrang tusga ki- radi. Boshining ustki qismida mo’ylov, og’iz va ipak chiqaruvchi naychasi, ikki yon tomonlarida ko’zlar joylashgan. Qurt boshining ostki tomonida og’iz bo’shlig’i va uning ikki yonida arra tishli ust- ki jag’-g’ajish organi bo’lib, shu jag’lar vositasi b-n bargni kemiradi. Qurt ku- krak qismi 3 bo’g’imdan iborat, har bir bo’g’imning ostki qismida bir juftdan oyoqchalari joylashgan. Qorin ipak kurta tanasining birmuncha uzun qismi bo’lib, 9 bo’g’imdan iborat; 8-bo’g’imining ust to- monida etdor chiqig’i — Pixi, 9-bug’imida esa orqa chiqarish teshigi bor. I. q.ning tanasida 9 juft nafas yuli — teshigi bor. Bu nafas yulla- ri bi-rinchi kukrak bug’imining hamda qorin qismidagi oldingi 8 bug’imining yon tomonlarida tuxum shaklidagi dog’ ko’rinishida joylashgan. I. q.da 8 juft oyoq buladi, bundan 3 jufti ko’krak bo’g’imlarida va 5 jufti qorin bo’g’imlarida joylashgan. Kurtlik davri monovoltin zotlarda 25-27 kun, bivoltin zotlarda 20 kun. Shu davrda Kurt 4 marta pust tashlab, 5-yoshni utaydi va pilla urashga kiri- shadi. Pilla o’rash 3 kun davom etadi. Qurt pilla ichida g’umbakka aylana- Di. G’umbaklik davri haroratga qarab, 2-3 hafta davom etadi. G’umbak tanasi duksimon bo’lib, xitin b-n qoplangan, harakatlanmaydi. Rivojlanish davom etib, g’umbak kapalakka aylanadi. Kapalak og’zidan maxsus suyuqlik chiqarib, pillaning bir uchini ho’llaydi. Kapalak pillaning elim moddasi erigan o’sha joyni oyoklari b-n surib teshik ocha- Di va tashqariga chiqadi. Kapalak havo haroratiga qarab, 5-10 kun yashaydi. Er- kak va urg’ochi kapalaklar bir-biri b-n juftlashganidan keyin urg’ochi kapalak tuxum tashlaydi (yana q. Pillachilik). Ad.: Rojdestvenskiy K.M.,Toirov 3. T., Tut ipak qurti biologiyasi, T., 1965; Abduraqmonov A., Rojdestvenskiy K. M., Ipak qurti naslchiligi va urug’chiligi, T., 1991. Klara Solshova, Homidiy Homid ibn Soqiy.