IKKILAMCHI OG’IZLILAR

IKKILAMCHI OG’IZLILAR (Deute-rostomia) — ikki yonlama sim- metriyali hayvonlar (Bilateria) kenja bo’li-mi, birlamchi og’izlilarning aksi. Bir xil nazariyalarga qaraganda birlam- chi og’izlilar va I.o. biri ikkinchisi- dan mustaqil holda radial simmetriya- li hayvonlardan kelib chiqqan, boshqa xil nazariyalarga binoan birlamchi va I.o.ning umumiy ajdodi tuban chuval- changlar (skolesidlar)ga o’xshash bo’lgan. I.o. ikkilamchi (tselom) tana bo’shlig’iga ega hayvonlar bo’lib, ontogenezda ular- ning birlamchi ogzi (blastopor) o’rnida anal teshik vujudga keladi, haqiqiy, ya’ni ikkilamchi og’iz esa murtakning old tomonida paydo bo’ladi. Mezoderma- ning birlamchi ichakdan ajralib chiqishi b-n I.o. birlamchi og’izlilardan farq qiladi. Tuban I.o.ning tuxumi radial yo’nalishda maydalanadi. I.o.ga chalaxor- dalilar, ignaterililar va xordalilar kiradi. Ba’zan I.o.ga kiljag’lilar ham kiri-tiladi.