IKKILAMCHI JINSIY BELGILAR
IKKILAMCHI JINSIY BELGILAR — odam va hayvonlarda bir jinsni ikkinchisidan farq qilishga imkon bera- digan xususiyatlar majmuasi (birlamchi jinsiy belgilar bundan mustasno). Bu belgilar jinsiy gormonlar ta’sirida voyaga etgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi (mas, tana o’lchami va proportsiyasi, rangidagi farq; Pavi- anlar va sherlar erkagining yoli; tuyoqli hayvonlar erkagining shoxi) yoki faqat kuyikish mavsumida paydo bo’ladi (ay- Rim baliqlar va qushlarning rangi va tana shakli). Odamning I.j.b.— tana o’lchami va proportsiyasi, jun qoplami, yog’to’planishi, tovush tembridagi farq hamda xotin-qizlarda sut bezlarining, er-kaklarda esa bo’g’izdagi tog’ayning rivojlanganligida ko’zga tashlanadi (yana q. Jinsiy dimorfizm). Mavsumiy I.j,-b.ga hayvonlarning kuyikish dav- ridagi xattiharakatlari (kurash tushish, urg’ochisiga xushomad qilish, in yoki uya qurish va h.k.) kiradi. I.j.b. har xil jinslarni bir-birini topish va bilib olishga imkon beradi, jinsiy bezlar- ning etilishini tezlashtiradi, jinsiy tanlanishga olib keladi.
O‘xshash so‘zlar
- IKKILAMCHI IJARA
- Ikkilamchi qobiq
- IKKILAMCHI AXBOROT
- Ikkilamchi struktura
- Ikkilamchi оg’izlilаr
- IKKILAMCHI OG’IZLILAR
- Ikkilamchi qanotsizlar
- IKKILAMCHI TANA BO’SHLIG’I





