Imon, iymon
Imon, iymon (Arab. — ishonch, e’tiqod) — Islomning 5 rukni (aso-si) dan biri; Allohga, uning FARISH-talari- ga, kitoblariga, paygambarlariga, qiyomat kuniga, taqdirga va o’lgandan keyin tiri- lishga ishonish. Bu «iymoni mufassal», ya’ni iymonning mufassal ta’biri deb ham ataladi. I. moturidiylik ta’li- motiga ko’ra, 2 narsaning butunligi — e’tiqod (dinga ichdan chukur ishonish), iqror (buni so’zda tan olish)dan iborat deb hisoblanadi. Islomda I. talablari «arkon aliymon» («e’tiqod asoslari») sanaladi. I. asoslariga, u aqlimizga xoh sig’sin, xoh sig’masin, baribir ular- ga shak-shubhasiz e’tiqod qilish talab qilinadi. I. talablari, ya’ni aqidalar Islomning diniy dunyoqarash asosla- rini tashkil etadi. I. tushunchasi is- lomda muhim va bahsli masalalardan biri hisoblanib, uni turli ilohiyot va diniyhuquqiy maktab vakillari turli- cha talqin qilganlar. Hoz. kunda I. so’zi vijdonlilik, halollik, soflik, Vatan- ni sevish ma’nolarida ham ishlatiladi.