Gvatemala (Guatemala), Gvatemala Respublikasi
Gvatemala (Guatemala), Gvatemala Respublikasi (Republica de Guatemala) — Markaziy Amerikaning shim.- g’arbidagi davlat. Mayd. 108,9 ming km2. Aholisi 11,5 mln. kishi (1999). Poytax- ti — Gvatemala sh. Ma’muriy jihatdan 22 departamentga bo’linadi. Davlat tuzumi. G. — respublika. Amalda- gi Konstitusiyasi 1986 y. 14 yanv.da kuchga kirgan, 1994 y.da o’zgartishlar kiritil- gan. Davlat boshlig’i — prezident, umu- miy ovoz berish yo’li b-n 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — bir palatali Milliy Kongress. Ijroiya hokimiyatni Prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. G. hududining yarmidan ko’p qismi 1000-3000 m balandlikdagi tog’lik bo’lib, Jan.da qator vulkanlar (Taxumulko — 4217 m, Akatenango — 3975 m va b.) eni 40-60 km dan oshmay- digan pasttekislikka tutashib ketadi. Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Foydali qazilmalari: polimetallar, oltin, ku- mush, neft, xromit va marganes rudala- ri. Iqlimi — subekvatorial, passat- musson. O’rtacha t-ra: pasttekisliklarda 23-27″, tog’oralaridagi platolarda 15-20°. Yillik yog’in: tog’larning shim.- Sharqiy yon bag’irlarida 3500 mm gacha, Jan.-g’arbiy yon bag’irlarida 2000 mm gacha, paettekisliklar va ichki botiklar- da 500-1000 mm. Motagua, Polochik da- ryolarida kema qatnaydi. Isabel kuli bor. Hududining 60% ga yaqini doimiy yashil tropik o’rmonlar b-n qoplangan, tog’likning ichki qismlarida qarag’ay- dub o’rmonlari, Jan.da barg tashlovchi o’rmonlar, savannalar va butazorlar bor. O’rmonlarda qimmatbaho yog’och, kauchuk be- radigan daraxt ko’p. Milliy bog’lari — Tikal, Rio-Dulse, Atitlan va b. Aholisi. Asosan ispan-indeys duragay- lari (ladinolar) bo’lib, ular gvatemal- lar millatining o’zagini tashkil etadi. Qolganlari kiche, kakchikel, Mame, kekchi va b. elatlardan iborat. Shahar aholisi — 38,4%. Rasmiy tili — ispan tili. Ko’pchilik dindorlar — katoliklar. Tarixi. Mil. AV. 2-ming yillikkacha g. hududida yashagan indeys qabilalari dehqonchilik va ovchilik b-n shug’ullangan. Mil. bo’sag’asida paydo bo’lgan shaharlarda Mayya madaniyati vujudga kel- Di. 1523 y. ispanlar g.ni bosib oldi, ko’pgina mahalliy qabilalarni qirib tashlab, Ispaniya mustamlakasiga aylan- tirdi. 1560 y.da g. general-kapitanligi tashkil etildi. 1821 y., Ameri-kadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun urushi davomida (1810-26) mamlakat mustaqillikka erishdi. 1824 y.da qulchilik bekor qilindi. 1823 y. 1 iyulda poytaxti gva- temala sh. bo’lgan Markaziy Amerika Birlashgan viloyatlari nomli Federativ respublika tuzildi. 1839 y. Markaziy Amerika federasiyasi parchalanib, g., Gonduras, Nikaragua, Salvador va ko- starika davlatlari ajralib chiqdi. l-jahon urushida g. Antanta tarafida bo’ldi. 1898-1920 va 1931-44 y.lar mam- lakatda diktatorlik tuzumi hukmronlik qidtsi. Prezident X. Arbens Gusman hukumati (1951-54) bir qancha tadbir- larni amalga oshirishga intildi, lekin harbiy fitna natijasida ag’darildi. 1954-65 va 1970-85 y.larda ham turli harbiy guruxdar tomonidan to’ntarishlar uyushtirildi. 1985 y.dan fuqarolar hukumati hokimiyat tepasiga chiqdi. G. 1945 y.dan — BMT a’zosi. Milliy bay- Rami — 15 sent. — Mustaqillik kuni ( 1 8 2 1 ) . Snyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy avangard partiyasi; institusi- on-demokratik partiya, 1965 y. tuzilgan; G. mehnat partiyasi, 1949 y. tuzilgan; g. xristian-demokratik partiyasi, 1968 y. da asos solingan; g. respublikachilar fronti, 1994 y.tuzilgan; Milliy ozod- lik harakati partiyasi, 1960 y. tuzilgan. G. kasaba uyushma Muxtor federasiyasi, 1957 y. tuzilgan; kasaba uyushma birligi milliy qo’mi-tasi, 1976 y.da asos solin- gan; kasaba uyushmalari milliy fronti, 1968 y. tashkil etilgan; mehnatkashlar milliy kasaba uyushma markazi, 1972 y. tuzilgan; g. kasaba uyushma kengashi, 1955 y.da asos solingan, xalqaro erkin kasa- ba uyushmalari konfederasiyasiga kira- D i . Xo’jaligi. G. — qoloq agrar mamlakat, iktisodiyoti tropik o’simlik mahsulotlarini eksport qilishga ixti- soslashgan. Yalpi ichki mahsulotda q. x., o’rmon xo’jaligi va baliqchilikning ulu- shi 26%, sanoatning ulushi 15%. Mamla- kat aholisining 2,5% ekinzorlarning 85% ga egalik qiladi. Asosiy ekini kofe, paxta, shakarqamish, banan; shu- ningdek abaku, efir moyli ekinlar, ta- maki ham etishtiriladi. Asosiy oziq- ovqat ekinlari: makkajo’xori, sholi, kar- toshka, loviya, sabzavot. Chorvachilik 2da- rajali ahamiyatga ega. Qoramol, cho’chqa, qo’y boqiladi. Qimmatbaho yog’och (balsa, Bakaut va b.) turlari, chikle smolasi tay- yorlanadi. Sanoati zaif rivojlangan. Rux, volfram, surma, qo’rg’oshin, nikel, simob, kumush, oz mikdorda neft (mam- lakat ehtiyojining 25%) qazib olinadi. Oziq-ovqat, ko’nchilik, to’qimachilik, neft kimyosi, binokorlik materiallari korxonalari bor. 2,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Eskuintle va Puerto-Barrios yaqinidagi neft mahsulotlari z-dlari chetdan kel- tirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Hunarmandchilik rivojlangan. T.y. uz. — 819 km, avtomobil yo’llari uz. — 17,3 ming km. Panamerika avtoyo’li g. orqali o’tadi. Asosiy dengiz portlari: Puerto-Barrios, San-Xose, Champeriko. Gvatemala sh.da xal-qaro aeroport bor. G. chetga kofe, paxta, banan, qand-shakar, go’sht, yog’och, binokorlik materiallari va b. chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, avtomo- billar, asbob-uskuna, neft keltirila- Di. AQSh, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari, Yaponiya, Meksika b-n savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — ket- s a l ь . Maorifi, ilmiy va madaniy muassasala- ri. Boshlang’ich maktablar huzurida bola- lar bog’chalari va maktabgacha tarbiya bo’limlari bor. Boshlangich ta’lim 6 y. lik (qishloq joylarda 3 y.lik), o’rta MAK- tablar 5 y.lik; hunar-texnika maktabla- ri ham bor. 5 un-tda mutaxassislar tay- yorlanadi. Kolonial muzeyda rasmlar, haykaltaroshlik asarlari, Santyago mu- zeyida qurol-yarog’, mebel, san’at asar- lari, qad. kitob muzeyida tarixiy va badiiy asarlar, Chichikastenango muzeyi- da mayyakiche madaniy obidalari, mil- liy tarix va nafis san’at muzeyida ras- somlik, haykaltaroshlik, gravyura buyum- lari, qad. tangalar, Arxeologiya va etn. muzeyida Mayya madaniyati yodgorliklari saqlanadi. Gvatemala sh.da Milliy ku- tubxona mavjud. I. t. va tajriba-kon- struktorlik ishlari ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengashi va FA orqali muvofiqlashtirib boriladi. I. t. markazlari: atom energiyasi in-ti, Elektrlashtirish in-ti, antropologiya va tarix in-ti, geogr. in-ti, meteorolo-giya va seysmologiya in-ti, rasadxona, Tibbiyot, fizika va tabiiy FA, Mayyaki- che tili akademiyasi va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. G.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: «Diario de Sentroamerika» («Markaziy Amerika gazetasi», 1880 y.dan), «Imparsial» («Xolis», kundalik kechki gaz., 1922 y. dan), «Nason» («millat», kundalik gaz., 1969 y.dan), «ora» («soat», kundalik kechki gaz., 1944 y.dan), «Prensa libre» («Erkin matbuot», kundalik gaz., 1951 y.dan). Milliy radioeshittirish va teleko’rsatuv bosh boshqarmasi hukumat xizmati bo’lib, u 1931 y. tashkil etilgan. Mamlakatdagi radioeshittirish va teleko’rsatuvlarni nazorat qiladi. «Voe de Guatemala» («Gvatemala ovozi») hukumat radio st-yasi, bir qancha tijorat telestyalari mavjud. Adabiyoti asosan ispan tilida. Mayya qabilalarining qad. madaniyatini, shu jumladan yuksak darajada rivojlangan adabiyotini mustamlakachilar yo’q qilib yuborgan. Bir necha yodgorliklargina saqlanib qolgan. Ispaniya hukmronligi yillarida g. adabiyoti taqlidiy tusda bo’lgan. 18-a.dagina haqiqiy adabiy asar- lar yaratildi (A. Pas-i-Salgado, R. Lan- divar kabi yozuvchilar). Mustaqillikka erishilgach, adabiyoti romantic yo’nalishdan bordi. 19-a. oxirlarida re- alistik roman paydo bo’ldi. 20-a. boshla- ridagi adabiy jarayonda modernism oqimi hukmronlik qiddi. 19-a. — 20-a. birinchi yarmida R. A. Salasar, E. Marti- nes Sobral, M. Soto Xoll, F. Kalde- Ron Avila, R. Alevalo Martines kabi realist yozuvchilar ijod qilishdi. 1944-54 y. inqilobidan so’ng M. A. Asturias, L. Kordosa-i-Aragon, R. Leyva, O. R. Gonsales, U. Alvarado va b. mashhur b o’l D i . Me’morligi va tasviriy san’ati. 3— 9-a.larda g. hududida Mayya indeyslari- ning madaniyati va san’ati gullab yashna- gan. Tikal, Kaminaliuyu, Kirigua Mar- kazlarida o’sha davrga mansub piramida yoki minora shaklidagi poydevorga qurilgan ibodatxonalar, saroylar, ehromlar, bo’rtma tasvirli toshlar saqlanib qolgan. Mustamlaka davrida bir qavatli uylardan tashkil topgan to’g’ri ko’chali yangi shaharlar (Antigua, Chichikastenango) barpo etildi. Qalin devorli Azim binolar qurilib, barokko uslubiga xos ganchkorlik va o’ymakorlik naqshlari b-n bezatildi. Teatr, Prezi- dent saroyi, hukumat saroyi va b. shular jumlasiga kiradi. Keyingi yillarda za- monaviy binolar qad ko’tardi. Tasviriy san’atida xal k, ijodi an’ana- lari davom etib kelmokda (qizil, oq va qora gazlamalardagi geometrik naqshlar, ro’mol va sholchalardagi odam, hayvon tas- virlari va har xil naqshlar, loy va so- Pol idishlarga ishlangan turli bezaklar va b.). Rassomlik san’ati liniy an’ana- lar ta’sirida rivojlandi. 19-20-a. larda indeyslarning turmush manzarala- ri tasvirlangan asarlar yaratildi (ras- somlar A. Galves Suares, T. Fonseka, R. Laso, haykaltaroshlar X. Urruela, R. Ga- leotti Torres va b.). G.da to’quvchilik, kashtachilik, kulolchilik, palma bargi- dan turli buyumlar yasash kabi badiiy hunarmandchilik keng tarqalgan. Gvate- mala sh.da milliy nafis san’at maktabi, Kesaltenangoda mahalliy nafis san’at maktabi mavjud.