Islom polvon, Islomqul Sultonqulov

Islom polvon, Islomqul Sultonqulov (?—Qo’qon—1923) — Farg’ona vodiysida Sovet tuzumiga qarshilik ko’rsatish harakatining bosh qo’mondoni (1923). Mutasavvif Shayx va polvon sifatida Farg’onada mashhur bo’lgan. Turkiston mustaqilligi uchun chor Rossiyasiga qarshi ko’tarilgan g’alayonlarda qatnashgan (1909-16). I. p. rahbarligida Qo’qon va O’sh uezdlari- dagi Qoraboy, Mirza Umar, Eshmat boy- vachcha, Madumar va Madali lashkar-bo-shilar, Hojixon To’ra va b. qo’rboshilar harakat qilgan. 1921-22 y.larda u Shermuhammadbekning o’rinbosari edi. 1923 y. 1 yanv.da Shahrixonda bo’lgan qurultoyda Farg’ona vodiysida Sovet- larga qarshi harakatni boshqarish va qo’rboshilar faoliyatini yagona maqsad sari yo’naltirib turish uning zimma- siga tushdi. Bu paytda I.p. qo’l ostida 8000 yigit va 200 dan oshiq qurboshilar to’plangan. Uning eng yaqin yordamchila- ri Qoraboy qo’rboshi va Yormat Maxsum edi. Bir qator muvaffaqiyatli jang harakatlaridan so’ng u So’x atro-fidagi jangda engiladi (1923 y. avg.) va toqqa chiqib ketadi. Biroq Marg’ilonga qaytib, yana kurashni davom ettiradi. 1923 y. 3 okt.da I.p. qizillar tomonidan asir- ga olinadi va 1923 y. dek.da Turkiston harbiy tribunale sayyor guruhi tomoni- dan (Qo’qonda) otib tashlanadi.