Islom universiteti, Toshkent Islom universiteti
Islom universiteti, Toshkent Islom universiteti — Islom dini bo’yicha malakali mutaxas-sislar tayyor- laydigan oliy o’quv yurti va yirik il- miy markaz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzurida, 1999 y. 7 apr.da tashkil etilgan. Un-tda Islom tarixi va falsafa-si; shariat (fiqh), iqtisod va tabiiy fanlar f-tlari; din- shunoslik, Islomshunoslik; demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti; Sharq tillari; G’arb tillari; informati- ka va tabiiy fanlar; jismoniy tarbiya kafedralari hamda jahon dinlarini qiyosiy o’rganish bo’yicha YUNESKO ka- fedrasi bor. O’quv bosqichlari: bakalav- rlik — 4 y., magistratura — 2 i. I. u. dinshunoslik, Islomshunoslik, Islom huquqi, xalqaro iqtisodiy munosabat- lar, informatika va axborot texnolo- giyasi buyicha mutaxassislar tayyorlay- Di. Un-tda 2002-2003 o’quv yilida 470 dan ortiq talaba o’qidi, 100 dan ortiq prof,-o’qituvchilar, shu jumladan, 15 fan dri, 41 fan nomzodi va dos. ishla- Di. Aspirantura va doktorantura bor. 2000 y.dan un-t qoshida akademik lisey ochilgan. Un-t ilmiy kutubxona (42 ming asar, asosan, darslik va ilmiy Kito- blar), manbalar xazinasi, nash-riyotiga ega. Manbalar xazinasi mamlakatimiz va xorijda mavjud bo’lgan qo’lyozma va no- dir kitoblar b-n boyitib boriladi. Un-t tarkibida Islomshunoslik i.t. markazi bor. Bu markazda Qur’on, tafsirlarni o’rganish, Islom tarixi va falsafasi, shariat (fiqh), ma’naviyat, madaniyat va san’at, manbashunoslik va qo’lyozmalarni o’rganish bo’limlari mavjud. I. u.da «Sharqshunoslik fanlari» sohasi bo’yicha D-rlik dissertasiyalari himo- yasiga ixtisoslashgan kengash tuzilgan. Un-t Sharq va G’arb tillarini mukam-mal o’qitish maqsadida zamonaviy texnik vo- sitalar b-n ta’minlangan. Lin-gofon kabineti va Arab tili markazi faoliyat ko’rsatadi. Toshkent Islom un-tini ri- vojlantirish jamg’armasi tashkil etil- gan (1999). I. u. AQSh, Angliya, Frantsiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, BAA va b. dav- lat un-tlari hamda i.t. markazlari b-n aloqalar o’rnatgan. Abdulhay Abdullaev.