INTIZOMIY JAVOBGARLIK
INTIZOMIY JAVOBGARLIK -O’zRda o’z mehnat burchlarini qonunga muvofiq ravishda yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor bo’lgan xo- dimga ta’sir ko’rsatish vositasi. Xo- Dimning o’z mehnat vazifalarini Ji- Noiy javobgarlikka tortishga sabab bo’lmaydigan darajada, ammo o’z aybi b-n qonunga muvofiq ravishda bajar- masligi yoki nobop bajarishi intizomga xilof nojo’ya harakat hisoblanadi. Bu, odatda, xodim zimmasiga mehnat shar- tnomasi yoki korxona, muassasa, tashki- Lotdagi ichki mehnat qoidalarini tar- tibga soluvchi me’yoriy hujjatlar b-n Yuklangan mehnat vazifalarini buzish- da va uning o’z aybiga ko’ra, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida qilgan harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi. Xo- dim intizomga xilof nojo’ya harakati uchun, odatda, ish be-ruvchi tomonidan I. j.ga tortiladi yoki unga nisbatan boshqa ta’sir choralari qo’llanadi. Korxona, muassasa, tashkilotga moddiy zarar et- kazgan xodim mehnat huquqi me’yorlari bo’yicha moddiy javobgar deb topiladi va I. j.ga tortilishi yoki tortilmasligidan qat’i nazar, undan zarar undirib oli- nadi. I. j. bo’yicha mehnat intizomini buzganlik uchun jazo choralari va ularni qo’llanish, olib tashlash, I.j.ning amal qilishi hamda I. j. ustidan shikoyat etish tartibi O’zR mehnat kodeksida (181 —184-moddalar) belgilangan.