Ipak qurti tuxumi zavodi
Ipak qurti tuxumi zavodi – ipak qurti kapalaklaridan qurt (tu-xumi) olinadigan maxsus korxona. Asosiy vazifasi ipak qurti boquvchi xo’jaliklarni ipak qurtining sanoatbop duragay tuxumlari b-n ta’minlashdan iborat. I. q. t. z. pillachiliknaslchilik st-yalaridan olingan elita tuxumlarini ochirib qurt boqib pilla etishtiradi. Bu pillalar saralanib, maxsus apparat yordamida jinslarga ajratiladi. Har qaysi jinsdagi pillalar alohida Max- sus simto’rli katak idishlarda saqlanadi va ulardan kapalak- lar chiqariladi. Erkak hamda urg’ochi kapalaklarning turli zotlari chatishti- rilib, lozim bo’lgan duragay tuxumlar tayyorlash maqsadida ona kapalaklar Max- sus qog’oz xaltachalarga, qutichalarga joy- lanadi, shu erda ular tuxum tashlaydi. 1 kg pilladan 53 g chamasi tuxum tayyorla- nadi. Qurt tuxumlari 29 g dan qilib tor- tilib, quti (paket) larga solinadi. Tay- yorlangan qurt tuxumlari yoz-kuz va qish paytlarida maxsus gigrotermik sharoit- da saklanadi va baxrrda xo’jaliklarga tarqatiladi. O’zbekistonda Andijon, Asaka, Buxoro, Kattaqo’rg’on, Marg’ilon, Namangan, Navoiy, Samarqand, Tovoqsoy, O’rganch, Farg’ona, Xo’jaobod, shahri-sabz, Kuqon sh.larida — jami 14 I. q. t. z. FA- oliyat ko’rsatmoqda (2002). Bu z-Dlarning har biri 25-30 ming quti tuxum tayyor- lash quvvatiga ega. Ad.: Abdurahmonov A., Rojdestven- skiy K. M., Ipak qurti urug’chiligi va naslchiligi, T., 1991. Yoqubboy Akijikov.