Ionlar

Ionlar (Yun. ion — borayotgan, harakatlanayotgan) — zaryadlangan zarra- lar; atom yoki atomlar guruhi (moleku- lalar, radikallar va b.) elektron (yoki b. zaryadlangan zarra) qabul qilganda yo yo’qotganda hosil bo’ladi. «I.»tu- shunchasi va terminini 1834 y. da in- gliz olimi M. Faradey birinchi bo’lib tat-biq etgan. U ishqorlar, kislotalar, tuzlarning suvdagi eritmalari elektr o’tkazuvchanligi I. harakatiga bog’liq deb hisobladi. Eritmalarning manfiy qutb (katod)ga harakatlanadigan musbat za- ryadli I. kationlar, musbat qutb (anod) ga harakatlanadigan zaryadli I. anionlar deyiladi. I. zaryadining kattaligi elek- tron zaryadiga karrali nisbatdadir: mas, atom 1, 2, 3, … elektron yo’qotganda yoki kabul qilganda shunga mos ravishda 1, 2, 3 va h. k. zaryadli I. hosil bo’ladi. Elektrolit eritmasida I. erituvchi b-n o’zaro ta’sir etishi tufayli barqaror bo’ladi. I. mavjudligi sababli eritma- lar elektr tokini o’tkazadi (q. Elektro- litik dissosiasiya). Atomdan electron ajralib, kation hosil bo’layotganda ma’- lum miqdorda energiya sarflanadi va uni atomning ionlash potentsiali deyiladi. I. ning xossalari ularning kattaligi va elektron qobig’ining tuzilishiga, za-ryadning ishorasi hamda mikdoriga bog’liq. I. organizmda moddalar almashi- nuvi jarayonida faol qatnashadi. I. at-mosferada bo’ladigan o’zgarishlarda muhim rol o’ynaydi (q. Atmosfera elek- tri, ionosfera). Ad:Smirnov B. M., Kompleksnie ioni, M., 1983; Krestov G.A., Termodi- namika ionnix prosessov v rastvorax, 2 izd., L., 1984. Komil Tojiev.