Grim

Grim (Frans. grime, ital. grumo — ajinli) — 1) aktyorlik san’atida qiyofa (asosan yuz)ni ijro etiladigan rolga moslab (maxsus bo’yoq b-n bo’yab, sun’iy soch-soqol yopishtirib, sochni rolga mos- lab tarash va sh.k.) o’zgartirish san’ati. Obraz yaratishda muhim vositalardan biri. Pesa yoki stsenariyning badiiy xususiyatlari, bezaklari, qahramonning fe’l-atvori, aktyor va rej.ning ijo- diy maqsadiga qarab Qar xil bo’ladi. Teatr da g. tarixi qad. xalq sayillari va o’yinlariga borib taqaladi. Xitoy, Hindiston, Yaponiya va b. Sharq, mam- lakatlarida ham g.dan foydalanilgan. Aktyor yuziga chizilgan rasmlar ko’rinish jihatidan niqobga yaqin bo’lib, ba’zan uning o’rnini bosgan. Lekin G. niqobga nisbatan xarakterliroq bo’lgani sababli aktyorlar faqat g.dan foydalanganlar. 18 — 19-a.larda ko’pgina rus aktyorlari g.ga obraz yaratishda milliy va tarixiy xa- rakteristika vositasi deb qarashgan. K. Stanislavskiy ham g.ni qahramon psi- xologiyasini ochishga yordam beruvchi eng zarur vosita deb bilgan. G. rej. g’oyasini amalga oshirishda eng muhim tarki- biy qismlardan bo’lgani sababli teatr rej.i va rassomning eng yaqin yordamchisi bo’lib g.chi-rassom vazifasi yuzaga keldi. Kinoda G. o’ziga xos xususiyatga ega. G. operator texnikasi talabiga (plyonka- ning rang yoki yorug’likka ta’sirchanligi- ga qarab) mos bo’lishi lozim. G. qilishda salgina soxtalik, sun’iylikka yo’l qo’yilishi filmga nuqson bo’lib tusha- Di. G. qilish murakkab jarayon bo’lib, u stsenariychi, rej. fikri va operator ishi b-n bog’liq. G.chi-rassom suratga olish ja- rayoni va kinotexnika imkoniyatlarini bilishi lozim. Agar aktyorning yuzi katta o’zgarishlarni talab qilsa, u holda PLA- stik g. yopishtiriladi, engil, yumshok, re- zina qo’llaniladi. Plastik G. egiluvchan, elastik bo’lib, u kishi yuziga juda qulay joylashadi. Bu uslubni birinchi marta 1930 y.da Sankt-peterburglik rassom R. Raugul qo’llagan. Rangli filmlarning takomillashib borishi g.chi-rassomlar oldiga yangi vazifalar qo’ymoqda, ular G.ni kiyimning o’ziga xos xususiyat- lari b-n uyg’unlashtirishga harakat qilib, g.dan foydalanish usullari- ni muntazam o’zgartirib bormoqdalar. Tsirkda masxarabozlarning chiqishlarida va xarakterli rollari bor yirik tomo- shalarda qo’llaniladi. Tsirk yuzaga kelgan davrdan boshlab masxarabozlar yuzlariga oq narsalar surib tomosha ko’rsatishgan. 19-a. oxiri 20-a. boshlarida g. masxa- rabozlikda muhim omillardan biriga aylandi. Zamonaviy tsirkda hayotiy g. ko’proq qo’llanilmoqda. O’zbek xalq mas- xaraboz va qiziqchilari — Yusufjon qiziq Shakarjonov, aka Buxor, Akrom Yusupov kabilar o’z ijodlarida g.dan ko’p foydalanishgan. 2) g. uchun zarur bo’lgan bo’yoq va buyumlar. G. bo’yoqlari maxsus resept asosida tayyorlanib, tur- li xil ranglar b-n aralashtiriladi. Mohina Ashirova.