Gulxaniy

Gulxaniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Sharif) (taxm. 18-a.ning oxiri — Qo’qon — 19-a.ning 20-y.lari) — o’zbek mumtoz shoiri, masalnavis. Hayoti va ijodi haqida «Majmuai sho- Iron» (Fazliy Namangoniy), «Tuhfat ul-axbob» (Qori Rahmatulloh Vozeh), «Sabot ul-Bashar va tarixi muhojiron» (Dilshod otin) kabi asarlarda ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Fazliy G.ning «Ko’histon mulkidan» ekanligini ta’ – kidlasa, Vozeh uni namanganlik, deydi. G. Namangan va Qo’qonda yashagan, oz vaqt hammomda o’t yoquvchi — go’lax vazifasi- da ishlagan (taxallusi shundan). Qo’qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmatda bo’lgan (1801 — 10). Mustaqil mutolaa yo’li b-n mumtoz adabiyotni o’rgangan. Olimxon vafotidan (1811) so’ng taxtga o’tirgan Amir Umarxon (ami- riy) g.ni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning g’azallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan so’ng vataniga qaytib, ko’proq oddiy insonlarga manzur bo’luvchi she’- rlar yoza boshladi. O’tli hajvlar yaratdi. G. o’zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Bizgacha bir necha g’azali, hajviyalari hamda «Zarbulmasal» («Yapaloqqush» hikoyasi) nasriy asari etib kelgan. G’azallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, bahor, Real hayotiy manza- ralar o’z ifodasini topgan («barmog’im», «Ey to’ti», «Lola ko’ksidek bag’rim…»). «Bideh» (bergil, ber menga) radifli g’azalida shoir navkarlik davridagi hayotini tasvirlagan. Bu g’azalga chuqurroq nazar tashlansa, muallif katta ijtimoiy masala — o’z davrining harbiy tartibi, rasm-rusumlari haqida fikr yuritgan- ligini kuzatish mumkin. G’azalida lirik qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasiga ko’tarilgan. G. o’zining zo’r is- te’dodi, tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xalqchil ijod- kor sifatida ko’ringan. Shoirning bizga ma’lum g’azallarining ayrimlari ami- riy she’rlariga Nazira tarzida yaratil- gan bo’lib, ular oddiy taqlidchilik do- irasida qolmay, barkamol mustaqil ba- diiy asar darajasiga ko’tarilgan. G.ning she’riy ijodi, garchand, hajman katta bo’lmasada, 19-a. o’zbek milliy adabiyo- ti rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi. «Zarbulmasal» nafaqat o’zbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyoti- ning ham Nodir namunasidir. G. unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), saj- lar (qofiyali Nasr), masal va rivoyatlar- dan samarali foydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bog’lanib, yagona bir syujetni tashkil et- gan. Asarda Yapaloqqush b-n Boyo’g’lining quda-anda bo’lishi sarguzashtlari Majo- ziy, o’tkir hajviya tarzida tasvirlangan. G. qushlarning o’zaro murakkab muno- sabatlari asosida o’z davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan. G. ijodini M. Sale, Fitrat, B. Ka- riMov, R. Muqimov, H. Yoqubov, F. Ishoqov kabi olimlar tadqiq etganlar. As: tanlangan asarlar, T., 1951. Zarbulmasal va g’azallar, T., 1960. Ad.: Muqimov R., Gulxaniyning hayoti va adabiy faoliyati, Samarqand, 1955; Zohidov V., O’zbek adabiyoti tarixi- dan, T., 1961; Ishoqov F., Gulxaniy va uning adabiy merosi, T., 1974. Abdurashid Abdug’afurov.