Gitlerchilarga qarshi koalisiya
Gitlerchilarga qarshi koalisiya — 2-jahon urushi davomida yuzaga kelgan, Germaniya, Italiya, Yaponiya hamda ularning sheriklari Ittifoqiga qarshi turgan davlatlar va xalqlarning keng ko’lamli harbiysiyosiy Ittifoqi. G.q.k.ga turli manfaat va maqsadlarni ko’zlagan AQSh, Buyuk Britaniya, Fran- tsiya, sobiq Ittifoq, Xitoy va b., jami 50 dan ziyod mamlakat birlashdi. Uning tarkibiga kirgan Albaniya, Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Hindiston, Kanada, Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar buyuk davlat- lar b-n birga umumiy dushmanga qarshi kurashda o’z qurolli kuchlarini ishga sol- gan, ba’zi bir davlatlar (Meksika va b.) moddiy ko’mak bergan. Sho’ro qo’shinlari o’z qududiga bostirib kirgan dushman ar- miyalarini tor-mor keltirib, Sharqiy va Markaziy Evropani gitlerchilardan ozod qilgan bo’lsa, ittifoqchilarning qurolli kuchlari Germaniyaning G’arbiy Evropada joylashgan qo’shinlari hamda milita- ristik Yaponiyaning harbiy qudratini sindirib, ittifoqdoshlariga qurol- yarog’, harbiy texnika, oziq-ovqat b-n yordamlashib, umumiy g’alabaga salmoqli hissa qo’shdi. Gitlerchilar va sherikla- ri bosib olgan mamlakatlarda vujud- ga kelgan yashirin qarshilik ko’rsatish harakati bosqinchilarga zarba berib tur- Di. G.q.k.ning 2-jahon urushida qozongan tarixiy g’alabasida frontga askar kuch- larini jo’natgan, armiyani qurol-yarog’, kiyim-kechak va oziq-ovqat b-n ta’min-lab turgan, minglab ko’chirib keltiril- ganlarga boshpana bergan, etim-esirlar- ni bag’riga bosgan O’zbekistonning ham ulushi bor.