Glazkov madaniyati
Glazkov madaniyati – mil.AV. 18-13-a.larda Baykal ko’li atrofida yashagan qabilalarning ilk jez davriga oid madaniyati. Birinchi marta Irkutsk sh. yaqinidagi Glazkov qabristoni (ir- kut daryosining Angaraga quyilish joyi) da topilgani uchun shu nom b-n ataladi. Qazish ishlari 1887 y.dan boshlangan. Keyingi davrda arxeolog A. P. Okladni- kov tekshirgan. Buerda yashagan qabilalar ovchilik va terimchilik b-n shug’ullangan. Mehnat qurollarini toshdan, zeb-ziynat buyumlarini nefrit, sadaf va suyak- dan yasagan. Suyak va metalldan qoshiq, qarmoq, cho’kich, ey, garpun, pichoq, igna, bigiz, halqasimon bilaguzuk va odam haykalchalari tayyorlangan. Topilmalar orasida mis va jezdan ishlangan buyum- lar ham uchraydi. Qabilalar ijtimoiy hayotida patriarxal qulchilik belgilari, shomoniylik dinining dastlabki kurta- klari yuzaga kela boshlagan. G. m.ni yarat- gan qabilalarning hoz. tungus, evenk va yukagir xalqlarining ajdodi ekanligi- ni arxeologik topilmalar b-n birga xalq og’zaki ijodi namunalari va antropolo- gik ma’lumotlar qam tasdiqlamoqda.