Gidrogenlash
Gidrogenlash (hydrogenium — vodorod) — oddiy moddalar (kimyoviy elementlar)ga yoki murakkab birikma- larga katalizatorlar ishtirokida vodo- rod biriktirish reaktsiyasi. Kimyoviy birikmalardan vodorodni ajratish — degidrogenlash esa g.ning aks reak- tsiyasidir. G. va degidrogenlash organic moddalarni katalizatorlar ishtiroki- da sintez qilishning muhim usullari bo’lib, oksidlanish-qaytarilish reaktsi- yalariga asoslangan. Bu reaktsiyalar sano- atda ulkan reaktorlarda olib boriladi. Yog’lar va kumirni g. shular jumlasiga kiradi. Boshqa qator reaktsiyalarda g. va degidrogenlash reaktsiyalari mujassam- lashgan holda amalga oshiriladi. Etil spirtning katalizatorlar ishtiroki- da atsetaldegidga aylanishidan iborat qaytar reaktsiya bunga misol bo’la oladi. T-ra ko’tarilganda va N2 bosimi Pa- sayganda atsetaldegid, aks holda etil spirti hosil bo’ladi. G. va de- gidrogenlashda ba’zi metallar (Fe, Ni, Co, Pt, Os va h.k.), oksidlar (NiO, CoO, Sg2O3, Moo2 va h.k.), shuning- dek sulfidlar (WS2, MoS2, CrnSm) katalizatorlar bo’lib xizmat qiladi. G. va degidrogenlash sanoatda keng qo’llaniladi. Mac, ko’pgina kimyo korxo- nalariga xom ashyo bo’ladigan va erituv- chi hisoblanadigan metil spirt ugle- rod monoksidini pyx-xrom oksidlari (katalizator) ishtirokida gidrogenlab olinadi. Boshqa katalizatorlar ishla- tilganda, yuqori spirtlar ham shu usul b-n olinadi. Margarin i.ch. yog’larni g.ga asoslangan. Kapron, anid (naylon) va b. materiallar ishlab chiqarila boshlashi munosabati b-n oraliq mahsulotlar (Fe- noldan tsiklogeksonal, adipin kislota dinitrilidan geksametilendiamin va anilindan tsiklogeksilamin) olishda G.dan keng foydalaniladi. So ni tur- li katalizatorlar ishtirokida gidro- genlab, benzin, qattiq parafinlar yoki kislorodli organik birikmalar olish mumkin. Yuqori bosim ostida azot b-n vodorodni o’zaro ta’sir ettirib, am- miakni sintezlash ham g.dir. G. mono- merlar sanoatida kauchuk va smolalarsh sintez qilishda keng qo’llaniladi. Sin- tetik polimerlar i.ch.da, stirol va uning hosilalarini olishda, alkilaromatik uglevodorodlardan — etilbenzolni sti- rolga, izopropilbenzolni metilstirol- ga aylantirishda degidrogenlashning ahamiyati katta.