GO’KSUV, Go’ksur

GO’KSUV, Go’ksur — Turkmani- stonning Jan.-Sharqiy qismida joy- lashadi qad. deqqonchilik vohasi. G.da V.M.Masson boshchiligidagi Leningrad va Ashxobod arxeologik ekspedisiyalari qazish ishlari olib borib (1955-60). Anov madaniyashita doir 10 dan ortiq qad. qishloq vayronalari (tepalari)ni o’rgandi. Vohada eneolit davrining o’troq qabilalari yashagan. G.dan ko’p xonali uy- larning qoldiqlari, turli xil ro’zg’or buyumlari va mehnat qurollari topil- Di. Xonalar, asosan, to’rtburchak, ba’zan esa aylana shaqlida qurilib, devorlari xom g’ishtdan ishlangan va somonli loy b-n suvalgan. Uy ichida mo’rili o’choqlar, sandal o’rinlari bor. Qad. G.liklar rang-barang naqshli sopol idishlar, mis pichoqlar, o’roq, qadamalari, tosh pay- konlar, yorg’uchoq va o’g’irlar yasashga mohir bo’lgan. Xo’jalikda ibtidoiy sug’orishga asoslangan dehqonchilik muhim rol o’ynagan. Mozorlar g’ishtdan ishlangan maxsus oilaviy sag’analardan iborat. Sag’anadagi mayyitlar g’ujanak qolda yon tomoni b-n yotqizilgan bo’lib, yoniga jim- jimador naqshli xilma-xil rang-barang sopol idishlar qo’yilgan. G.dan ayollar- ning ko’plab terrakota haykalchalari to- pilgan. G. madaniyati Dashlijin, yalang’och va Go’ksuv bosqichlariga bo’linib, ular- ning sanasi Anov I, II va III bosqichlariga to’g’ri keladi.