Garov sifatida tutqunlikka olish
Garov sifatida tutqunlikka olish — shax- sni tutqunlikka olib, davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shax- Sdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir etishdan o’zini tiyib turishni talab qilib, ga- rov sifatida ushlab turilgan shaxsni ozod qilish shartini qo’yishdir. G.s.t.o. O’zbekiston Respublikasi JK bo’yicha jamoat xavfsizligiga qarshi jino- yatlardan hisoblanadi. Bunda aybdor shaxsni tutqunlikka olib, o’z talabla- rini qo’yar ekan, eng avvalo tutkunlik- ka olingan shaxsni, shuningdek boshqa shaxslarning sog’lig’i va hayotini xavf ostida qoldiradi. Jinoyat sub’ekti 16 yoshga to’lgan har qanday aqli raso shaxs bo’lishi mumkin. Agar tutqunlikka olin- gan shaxs bir kishi bo’lsa, aybdorning mol-mulki musodara qilinib, 10 yilga- cha muddatga ozodlikdan maxrum qilish b-n; g.s.t.o. voyaga etmagan shaxsga nisba- tan, 2 yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo’lsa, shuningdek og’ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo’lsa, mol-mulk musodara qilinib, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish b-n jazolanadi (O’zR JK 245-modda).