Galliya

Galliya — tarixiy viloyat. Po daryosi b-n Alp tog’lari oralig’i (Tsizalpin G. si) hamda Alp tog’lari, O’rta dengiz, Pirenei ya. o., Atlantika okeani oralig’i (Transalp G.si)da joylashgan. Mil. AV. 6-a.dan keltlar (rimliklar ularga gallar deb nom bergan) kelib o’rnashgan. Mil. AV. taxm. 220 y. Tsizalpin G.si hududi Rimga tobe qilinib uning provintsiyasiga aylantirilgan. Mil. AV. 58-51 y.larda Transalp g.si hududi Yuliy Tsezar tomonidan bosib olinib, Rimning 4 ta provintsiyasi (Narbonna G. si, Lugdun g.si, Akvitaniya va Belgika) ga bo’lingan. Mil. 5-a. boshidan g. hududi german qabilalari tomonidan bosib olina boshlagan va 5-a. oxirida Frank davlati tarkibiga kirgan.