GALVANOSTEREOTIPIYA

GALVANOSTEREOTIPIYA – bosma qolip tayyorlashning elektrolitik usuli (q. Stereotipiya). B. S. Yakobi kashf qilgan (1838). Bo’rtma bosma qolipi (klishe) dan mum, plastmassa yoki qo’rg’oshin matrisa tayyorlab olinadi. So’ngra unga elektrolitik usulda yupqa (0,25—0,30 mm) mis, nikel yoki temir qatlami o’stiriladi, natijada bosma relefi (bo’rtmasi) hosil bo’ladi; harflar bo’yi b-n tenglashtirish uchun orqasidan bosmaxona qotishmasi quyiladi va mexanik ishlov beriladi. G. quyma stereotiplarga nisbatan ancha aniq bosishga imkon beradi, katta bosimga chidaydi. Bu usul ko’p rasmli kitob va jur., rangli reproduktsiyalarni ko’p nusxada bosishda qo’llaniladi.