Gazanda, qichitqi o’t

Gazanda, qichitqi o’t (Urtica L.) — 1) gazandadoshlar oilasiga mansub ko’p yillik yoki bir yillik utlar turkumi. Barglari arra tishli, bulaklarga bo’lingan, qarama-qarshi joylashgan. Barglari va poyasi qichitqi tuklar b-n qoplangan. Gullari juda mayda, bir jinsli, barg qo’ltig’idagi boshoqsimon to’pgullarga yig’ilgan. Mevasi yongoqchasimon. Shim., kamroq Jan. yarim sharda hamda tropiklarda 40-50 turi tarqalgan. O’zbekistonda bitta turi bor. Soya, zah erlar, dal al ar, bog’lar va b. erlarda usadi. Bu turdan tibbiyotda qon to’xtatuvchi vosita sifatida foydalaniladi. Yosh novdalari iste’mol qilinadi. Poyasidan arqon, dag’al mato tuqishda ishlatiladigan iplar tayyorlanadi; 2) zoologiyada suvda va quruqlikda yashovchilar b-n sudralib yuruvchilarning umumiy nomi (q. Sudralib yuruvchilar), jonli tidda, kaltakesak, ilon, hasharotlar va urgimchaksimonlar singari badburush, yirtqich, zaharli yoki badbo’y maxluqlarga nisbatan ishlatiladigan so’z.