Gonolulu

Gonolulu — AQShdagi shahar va port. Gavayi shtatining ma’muriy markazi. Tinch okeandagi dengiz va havo yo’llarining muhim tuguni. Oaxu o.ning Jan. sohilida joylashgan. Aholisi 371,6 ming, shahar atrofi b-n birga 800 mingdan ziyod kishi (2000). Shakar-qand, meva-konserva va baliq-konserva z-dlari, kemasozlik korxonasi bor. Gavayi o.lari tashqi savdosining deyarli hammasi G.orqali o’tadi. Kurort joy. Turizm Mar- kazlaridan. G.da un-t (1919), tinch okean aloqa in-ti, xalqaro aeroport va b. bor. G.dan g’arbroqdagi Perl-Xarbor buxtasi- da AQShning tinch okeandagi eng yirik harbiy dengiz bazalaridan biri joy – lashgan.