Govchi

Govchi (gaogyuy, Gaozyuy ya’ni gov- juy, Qongqil, Qangqi, to’lish, To’lo’s deb ham aytiladi) — uyg’ur qabilalar birlashmasiga kirgan Sharqiy to’ra (xitoycha chidi, tele, dili) ning Xitoy manbalarida nomlanishi. 4-a.da qizil Di qavmiga mansub Sharqiy to’ralar, ba- Land (gov) arava (chi) larda yurganligi uchun, «govchi» (baland aravaliklar) deb tilga olinadi (turkiycha «Qongqil»). G.lar Di (to’ra), uyg’ur, ko’g’o’rsu, chibni (qebar, Chuba), qujiya (qutlug’g’uz), et- kin (eltegin, izgil) va po’vurg’ur kabi 7 qabila birlashmasidan tashkil topgan. G.lar asosan chorvachilik va ovchilik b-n shug’ullangan. Ularda hunarmandchilik ham taraqqiy qilgan bo’lib, metall bu- yumlari, teri, kigiz va araq achitqilari ishlab chiqarilar edi. Xususan, arava yasashda g.lar mohir ustalar hisoblangan. Ular aravalardan uy tariqasida foyda- lanib ko’chib yurganlar. Har bir oila bir- ikkita aravaga ega bo’lgan. G.lar aholisi ko’p sonli bo’lib, ba’zi qabilalar bir necha yuz mingdan oshib ketgan. Qabilada qabila oqsoqoli «barlos» deb atalgan. Barloslar b-n birga Botir, pahlavonlar «bog’o» yoki «bog’odur» deb ulug’langan. G.lar shaman diniga e’tiqod qilganligi ma’lum. Ular momaqaldiroqni yomon- lik belgisi deb tushunishgan va unga qarata o’q uzishgan. Yashin tushgan joy- dan ko’chib ketishgan. Kelasi yil o’sha joyga qaytib kelib xudoyi qilishgan. Ular jo’r bo’lib ashula aytib raqsga tu- shishni yaxshi ko’rganlar. Qiz olganda, quda tomonga qalin uchun beriladigan ot, qoramolni tanlab olishga yo’l qo’yilgan. O’lgan odamlarga qattiq yig’lab aza tu- tilgan. O’ra qazib jasadni unga tash- lab ustidan tuproq tortmaganlar. Mil. 546 y. Qongqil xonligi Turk xoqonligi tomonidan bo’ysundirilgandan so’ng g. atamasi Xitoy manbalari- da boshqa nomlar b-n atala boshlagan. Ll.Bichurin N.Ya. (Iakinf), Sobranie svedeniy o narodax obitavshix v Sred- ney Azii v Drevnie vremena, M.— L., t.1, 1950. Abduxoliq Aytboev.