Tojikiston fanlar akademiyasi

Tojikiston fanlar akademiyasi — Tojikiston Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1951 y. SSSR faning Tojikiston bo’limi (1941) negizida Dushanba sh.da tashkil etilgan. Akademiyaning fizika va texnika; mat., seysmologiya va seysmologik qurilish; geol.; kimyo, botanika; o’simliklar fiziologiyasi va biofizikasi; zool. va parazitologiya; Pomir biol.si; tarix, etn. va arxeologiya; sharqshunoslik intlari hamda tabiiy va mehnat resurslarini tadqiq etish bo’limi, 30 haqiqiy, 55 muxbir a’zosi bor. FA muassasalarida 5 mingga yaqin ilmiy xodim ishlaydi. «Donish» nashriyoti bor. 3 ilmiy jurnali nashr etiladi. Prezidenti — 1995 y. iyundan O’lmas Mirsaidov.