Gulkaram
Gulkaram (Brassica oleracea L. var botrytis L.) —karamdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’simlik, sabzavot ekini. 15-20 barg chiqargandan keyin o’zagining yuqori qismida oqish (300— 500 g kattalikda) boshcha hosil qiladi. Boshcha juda ko’p qisqa seret gulpoyalar- dan iborat bo’lib, uning shaqli (katta- kichikligi, o’sish darajasi) g.ning na- viga va o’sish sharoitiga bog’liq. Karam boshchasi shakllangandan keyin poyala- rining ayrimlari o’sishda davom etib, to’pgul, gul va urug’li gulpoyaga aylanadi. Guli oq yoki sariq. G. biologik xususiya- ti jihatidan oddiy karamga o’xshaydi, lekin tezpishar. Ko’chati o’tqazilgach, 50-60 kunda karam boshchasi etiladi. Tarkibida 7— 3,3% quruq modda, 1,2— 4,4% qand, 1,5—3,7% oqsil, 0,7—0,8% mineral moddalar bor. Vitamin S va A, kaliy, temir, fosfor tuzlari oddiy karamdagidan ko’p. Atalangan tuxumga botirib olib qovuriladi, sho’rvasi ma- zali va parhez taom, konserva tayyorlana- Di. G. sovuqqa (—3—5°) chidamli, ko’chati bahor (mart) va yoz (iyul)da 60×30, 70×35 sm sxemada eqiladi. Bahorgisi may— iyunda, yozgisi okt.—noyab.da pishadi. Sifatli etilishi uchun barglari uchi boshcha ustiga to’da qilib bog’lanadi yoki boshchasi sindirib olingan barglari b-n soyalab qo’yiladi. Gektaridan 100— 180 ts hosil olinadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida eqiladi. Orip Qodirxo’jaev.