Guldarasoy

Guldarasoy — Qashqadaryo vilo- yati Yakkabog’va Qamashi tumanlaridagi soy. Ko’hitang tog’ining shim.-g’arbiy yon bag’ri (2800 m) dan oqib tushadigan 16 ta katta-kichik irmoqning qo’shilishidan hosil bo’ladi. G. suvi sug’orishga sarf- lanishi va er ostiga sizib ketishi na- tijasida Yakkabog’daryoning chap tarmog’i Qizildaryoga etmasdan, Badaxshon qishlog’idan 1 km Jan. da tugaydi. Uz. 40 km, havzasining mayd. 276 km2. G.ning havzasi nisbatan baland, shu tufayli ko’proq qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. Guldara qishlog’i yaqinida o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 0,17 m’/sek. Suvining 60-65% mart—iyun oyla- rida oqib o’tadi, aprel—may oylarida o’rtacha oylik suv sarfi 0,55 m/sek gacha etadi, noyab.—fevral oylarida esa suvi kamayadi, ba’zan quyi oqimida o’zani qurib qoladi.