Ganch
Ganch — oqish, sarg’ish tusli mahalliy qurilish materiali. Gips (40 — 70%) b-n tuproqning tabiiy ara- lashmasini kuydirib (qizdirib) tay- yorlanadi. Suvoqchilik ishlarida, ganch o’ymakorligida, quyma bezak shakllar tayyorlashda, haykaltaroshlikda ishla- tiladi. G.ga mineral bo’yokdar aralashti- rib, har xil rangli qorishmalar hosil qilish mumkin (mineral bo’yoq nisbati 1:10 dan ortmasligi kerak). Murak- kab qurilmalar (hashamatli binolar, ayniqsa gumbazlar, ravokdar va b.) da sof holda ishlatiladi. Alebastrga nisbatan sekinroq qotganligi uchun devor va Shif- tni sidirg’a suvashda, shakllar tayyorlash, o’yib naqsh solish, ustidan bo’yab tasvir ishlash uchun qulay. Namga chidamsizligi tufayli g. asosan inshootlarning ichki tomonlariga ishlatiladi. G.ning ganchxok turi opsiy ganch b-n soz tuproq aralash- masidan iborat bo’lib, asosan devorlar g’ishtini terishda, qora suvoqqa ishlati- ladi; tez ganch turi (tez qotadigan pishiq G.) ko’proq qora suvoqqa, gul ganch turi esa (eng mayda va nozik g.) asosan pardoz bezagida foydalaniladi. O’ymakori va qolipaki ishlar ham gulganchda bajari- ladi.