Garden (Xarden) Artur

Garden (Xarden) Artur (1865. 12.10, Manchester — 1940. 17.6, Born-End, Ba- kingemshir) — ingliz biokimyogari. London tibbiyot profilaktikasi in-ti direktori (1907 y.dan) hamda London un-ti prof. (1912 y.dan). Asosiy ishlari biokimyo va enzimologiyaga bag’ishlangan. Koferment nikotinamidadenindinukle- otid (NAD)ni kashf qilgan. Qandning fosforli efiri — geksozomonofos- fatni topgan (1914). Bijg’ish jarayonini tezlashtiruvchi qator fermentlar — kar- bOksilaza, katalaza, peroksidazalarni tekshirgan. Nobel mukofoti laureate (1929, g. K. A. S. Eyler-Xelpin b-n hamkorlikda).