Gruzin yozuvi
Gruzin yozuvi — gruzin tili- dagi mustaqil yozuv tizimi. So’nggi tadqiqotlarga ko’ra, g.yo. Sharqiy oromiy yozuvi asosida, taxm. mil. AV. 3-a.da yuza- ga kelgan. Keyinchalik yunon yozuvi ta’- sirida o’zgarishlarga uchragan. Mas, yozuv yo’nalishi, alifbodagi tartibi o’zgargan, ba’zi unlilar ham o’zlashtirilgan. G.yo.ning rivojlanish jarayonida bir- biridan keskin farqlanadigan 3 shaqli paydo bo’lgan: 1) sarlavhalarda uchray- digan (mtavruli) shaqli; 2) satriy yozuv (nusxuru) va 3) aslzodalar yozuvi. Uchin- chisi avvalgi ikki turidan keskin farq qilgan (xusuri). Bu yozuv asosan cherkov- larda, shuningdek, harbiy sohada, asl- zodalarning yozishmalarida qo’llangan. Yangi G.yo. kitob nashri boshlanishi tu- fayli yuzaga kelgan (1709). Hoz. G.yo. qat’iy fonologik tartibga asoslangan (har bir fonema ma’lum grafemaga to’g’ri keladi), 33 belgiga — 5 unli, 28 undosh- ga ega. Bosma matnlarda, odatda, bosh harf bo’lmaydi.