Gramm-atom

Gramm-atom — kimyoviy element- ning atom massasiga son jihatdan teng qilib olingan miqdori. Mas, kislorod- ning gramm-atomi 16 g, chunki uning at.m. 16 ga teng yoki temirning gramm-atomi 56 g, chunki uning at.m 56 ga teng. Har qanday kimyoviy elementning gramm-atomida (agregat holatidan qat’i nazar) Avogadro soniga teng miqdorda, ya’ni 6,022-1023 ta atom bo’ladi. G.-a. kattaligidan turli Fi- zik va kimyoviy hisob-kitoblarda foyda- laniladi. Texnik hisob-kitoblarda ki- logramm-atom, milligramm-atom singari massa miqdorlari ham keng qo’llaniladi.