Gorn
Gorn — metallarni eritish, qayta eritish, qizdirish, keramik buyumlarni pishirish uchun mo’ljallangan pech; shax- tali vaterjeket pechlarning yoqilg’i yona- digan pastki qismi (q. Vagranka, Domna ishlab chiqarishi). Qadimda G.dan ruda- dan to’g’ridan-to’g’ri xomaki temir olish- da foydalanishgan. Zamonaviy G. Ichiga g’isht terilgan usti ochiq po’lat qutidan iborat. Uning yon tomonida havo yubori- ladigan furma (kalta quvur) bor. Gaz- Simon yonish mahsulotlari uning yuqori qismidan chiqib ketadi. G. pistako’mir, koks, neft yoki gazda ishlashi mumkin. F.i.k. kichik (5%) bo’lgani uchun sanoat- da keng foydalanilmaydi. Metallurgi- yada tigelli g., ruda kontsentratlaridan qo’rg’oshin olishda esa maxsus g. ishlati- ladi.