Glier Reyngold Morisevich
Glier Reyngold Morisevich [1874.30.12(1875.11.1), Kiev -1956.23.6, Moskva] — kompozitor, musiqa ar- bobi, dirijyor, pedagog. Ozar-bay- jon (1934), Rossiya (1935), O’zbekistan (1937) xalq artista, prof. (1913), san’atshunoslik dri (1941). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1900). «Lolaqizg’aldoq» (1927, 2-tahrirda «Qizil gul»), «mis chavandoz» (1949) kabi baletlar, ovoz va orkestr uchun kontsert, simfoniyalar, romanslar va b. muallifi. G. rus mumtoz musiqa an’- analarini davom ettirib, o’z ijodida turli xalqlar (rus, ukrain, Ozarbayjon, o’zbek, buryat-mongol va b.) musiqa mero- siga izchil murojaat etgan. U 1920-y. lari Ozarbayjonda, 1930-40 y.lari O’zbekistonda barakali ijod qilib, «Shohsanam» operasi (1927), «Gulsa- ra» (1936, T. Jalilov va T. Sodiqov b-n hamkorlikda) musiqali dramasi, T. So- dikrv b-n birgalikda «Layli va maj- nun» (1940), «Gulsara» (1949) operala- rini yaratgan. Shuningdek, «Alisher Na- voiy» filmiga musiqa, o’zbek kuylari asosida «tantanali» (1937), «Farg’onacha bayram» (1940) simfonik uvertyuralari, qator romans va b. asarlar ijod etgan. O’zbek milliy mavzusidagi asarlarida G. xalq musiqa merosi boyliklaridan unumli foydalangan. Toshkentdagi Re- spublika o’rta maxsus musiqa Inter- nat maktabi, O’zRdagi bir necha bolalar musiqa maktablari g. nomiga qo’yilgan. Ad.: Veksler S, Glier i O’zbekskaya muzi- ka, T., 1981.