Glossit

Glossit (Yun. glossa — til, it is — yalliglanish) — til to’qimalarining yallig’lanishi. Tilning shikastlanishi: tirnalishi, yorilishi yoki uni tishlab olish, ko’pincha issiq ovqat yoki kimyoviy moddalardan kuyishi natijasida kelib chiqadi. Tilning yallig’lanishi me’da- ichak va b. ichki a’zolar hamda qon kasal- liklari, shuningdek, infektsion kasal- liklar (gripp, kizamiq, skarlatina) va ularning alohida xillari (zaxm, moxov, sil) yoki stomatit, gijja kasalliklari, avitaminoz va b. belgilaridan bo’lishi xam mumkin. G. to’satdan boshlanib, yallig’lanishga xos belgilar b-n kechadi. G.da til og’riydi, atrofidagi to’qimalar b-n birga shishadi, natijada bemor ga- pirish, chaynash, yutinish, ba’zan nafas olishga ham qiynaladi, ko’p so’lak oqadi. G. belgilari paydo bo’lganda darhol vrach- ga uchrashish zarur. Davo kasallik belgi- lariga qarab tayinlanadi, eng muhimi kasallikka sabab bo’lgan omil bartaraf etilishi lozim. Achchiq, sho’r ovqatlardan o’zni tiyish, iliq, yumshoq ovqat eyish tavsiya etiladi.