Goldtsier (Goldziher) Ignas
Goldtsier (Goldziher) Ignas (1850.22.6, Sekeshfexervar — 1921.13.11, Budapesht) — Venger arabshunosi va is- lomshunosi. Vengriya FA muxbir a’zosi (1876), Budapesht un-ti prof. (1894). Il- miy ishlari Islom tarixi, Arab Filo- logiyasi, qad. yahudiy mifologiyasiga oid. Islom manbalarini chuqur taxlil qilgan. Islomni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar b-n bog’lanmagan diniy g’oyalar evolyusiyasining mahsuli deb hisobladi. Islom madaniyatiga mu- sulmon Sharqining barcha xalklari o’z hissalarini qo’shganligini ochib berdi. G. islomshunoslikda tanqidiy maktab asoschisi. Asosiy asarlari: «Islom», «Islom to’g’risida ma’ruzalar», «Islom- da avliyolarga sig’inish» va b.