Goldshmidt Viktor Moris

Goldshmidt Viktor Moris (1888.27.1, Syurix – 1947.20.3, Oslo) — norvegiyalik geokimyogar, geokimyo asoschilaridan biri. Oslodagi Geolo- giya muzeyining direktori, Oslo un-ti prof. (1914). G. kimyoviy elementlarning geokimyoviy tasnifini ishlab chiqqan. G.ning kristallar kimyosi sohasidagi ishlari elementlarning Mendeleev dav- riy sistemasidagi o’rni b-n atom va ion kattaliklari o’rtasida muhim bog’lanish borligini ochib berdi. G. temir guru- xidagi elementlarning migrasiyasini, shuningdek, galliy, tseriy, skandiy, bor, litiy, rubidiy, tseziy, berilliy, selen, margimush, oltin va platinali metal- larni er po’stida tarqalish xususiyatini o’rgandi.