Golji kompleksi

Golji kompleksi, Golji apparati, plastinkasimon apparat — hamma eukariot hujayralar uchun xos organoid. G. K. ni Golji (1898) nerv hujayralarida kashf qilgan. Struktu- raviy va funktsional birligi — Dik- tiosoma. Hujayra tsitoplazmasida bir- biri b-n umumiy to’r orqali bog’langan 20 ga yaqin diktiosomalar bo’ladi. G.k. ko’pincha tsentriollarni o’rab turadi, hujayraning g.k. joylashgan qismida ribosomalar deyarli bo’lmaydi. Sekre- tor hujayralarda g.k. hujayraning apikal qismida joylashadi. Funktsi- yasi — oqsillarni modifikasiyalash (glyukozalash, sulfatlash, fosforlash, qisman polipeptid zanjirni parchalash va b.), ajratiladigan mahsulotlarni granulalar holida taxlash, ayrim poli- saxaridlarni sintezlash, hujayra mem- branasini hosil qilish, lizosomalarni sintezlash. Oqsillar membranali pufak- chalar ichida endoplazmatik to’rdan g.k. ga o’tadi. G.k.da ulardan murakkab oqsillar (lipoproteidlar, mukoproteidlar, mu- kopolisaxaridlar) hosil bo’ladi. Tayyor mahsulotlar pufakchalarda to’planadi. Pufakchalar diktiosomalar uchidagi xal- tachalardan tsitoplazmaga chiqib, u erda to’planadi yoki mikronaychalar orqali hujayradan tashqariga chiqariladi. O’simlik hujayralarida g.k. hujayra devori tarkibiga kiradigan gemisel- lyuloza va pektinni sintezlaydi, po- lisaxaridli shilimshiq modda sinte- zida ishtirok etadi. Bir hujayrali hayvonlarda g.k. elementlari qisqaruvchi vakuollar hosil qiladi. G.k. granulo- tsitlar uchun granulalarni va spermiy- lar akrosomalarini shakllantiradi. Hujayra bo’linishida g.k. alohida Dik- tiosomalarga ajralib ketib, yangidan hosil bo’ladigan hujayralar o’rtasida tasodifan taqsimlanadi.