Gipospadiya

Gipospadiya (Yun. hypospao — pastga tortaman) — tug’ma norasolik. Siydik chiqarish kanali ostining yoriq bo’lishi, shu sohaning quyi Femida homila shakllanayotgan davrda buzilish ro’y berishi, siydik chikarish kanali (uretra)ning takomillashmay qolishi. Bunda uretraning tashqi teshigi olat boshiga emas, balki olat tagiga, yorg’oqqa yoki oraliqqa ochilgan bo’ladi, siydik ana shu teshikdan chiqadi. Bu teshikdan to olat boshi oralig’igacha bo’lgan xor- da tortmoqlari olatni vergulsimon yoki o’roqsimon shaklda tutib turadi va bu holat bola o’sgan sayin kuchayaveradi. G. bolaning 6 oylik paytidan boshlab jarrohlik yo’li b-n bartaraf etiladi. Aks holda bola jimo(jinsiy aloqa)ga yaroqsiz bo’lib qoladi, bepushtlikka olib keladi. Operasiya qancha barvaqt qilinsa, shuncha yaxshi.