GIDROSTATIK TORTISH

GIDROSTATIK TORTISH -suyuqliklar va qattiq jismlar zichligi- ni o’lchash usuli. Arximed qonuniga asos- langan. Qattiq jismni ikki marta — dastlab havoda, so’ngra zichligi ma’lum bo’lgan suyuqlik ichida (odatda, distil-langan suvda) o’lchash (tortish) orqali shu jismning zichligi aniqlanadi. Birinchi o’lchashda jism massasi aniqlanadi, har ikkala tortish natijalariga ko’ra esa uning hajmi topiladi. Suyuqlikning zichligini aniqlash uchun uning ichiga massasi va hajmi aniq bo’lgan biror jismni (odatda, shisha qalqovuchni) tu- shirib, maxsus tarozida tortib ko’riladi. Qanday aniqdikda o’lchash zarurligiga qarab, g. t. texnik, analitik yoki na- muna (etalon) tarozida amalga oshiri- ladi. Ommaviy o’lchashlarda aniqligi kichikroq, lekin ishlatish uchun qulay gidrostatik tarozidan (konstruktsiyasi- ni nemis kimyogari K. F. Mop 1849 y.da taklif qilgan) foydalaniladi.