Gerakl

Gerakl (lot. Hercules, Sharq ada- biyotlarida Xirakl) — yunon afsona- laridagi qahramon, Zevs b-n oddiy ayol Alkmenaning o’g’li. Afsonalarga ko’ra, beqiyos kuchga ega bo’lgan. U mislsiz 12 jasorat ko’rsatgan. G. nemey sherini va ko’p boshli lerney ajdahosini o’ldirgan, erimanf to’ng’izini tirik tutgan, stim- fol jodu qushlarini qirib tashlagan, amazonkalar malikasi Ippolitaning ka- Marini olgan, podshoh Diomedni engib, yiqitgan va b. mardliklar ko’rsatgan. Shuningdek, Anteyni enggan, Prome- teyni ozod qilgan. Xotini Deyanira uni bilmay zaharlagan. Zevs uni o’lmaydigan qilgan. Yunonistonning ko’pgina joyla- rida, keyinchalik Italiyada g.ga e’tiqod qilingan. G. haqidagi afsonalarda in- sonning tabiatning dahshatli kuchlari- ga qarshi kurashi aks etgan. G. Gerkules nomi b-n ham mashhur.