Germes

Germes —yunon mifologiya- sida dastlab chorvador va cho’ponlar xudosi, poda va yaylovlar homiysi. Zevs va Mayyaning o’g’li. Keyinchalik yo’l, yo’lovchilar,savdogarlar va sav- do homiysi, o’lchovlar, sonlar va lira (musiqa asbobi) ixtirochisi sifatida sig’inilgan. G. Olimp xudolarining xa- barchisi, marhumlarning jonini aid (er osti saltanati, do’zax)ga o’tkazuvchi hisoblangan. Ko’pincha patli shippak kiyib olgan yigitcha ko’rinishida tas- virlangan. Qad. Rim mifologiyasidagi Merkuriyga to’g’ri keladi.