Germetik kabina

Germetik kabina -kosmik kema (K. K.)ning ekipaj, kemani boshqarish pulti joylashgan bo’lmasi; K K ning qo’ndiriluvchi apparati. G. k. ekipajni kosmik vakuumdan ajratib qo’yish (izo- lyasiya qilish) dan tashqari galaktik va Quyosh radiasiyasidan, meteor zarrachalar- ning hamda tashki muhitning t-rasidan ham himoya qiladi. Uzoq mudsatli kos- mik uchishlarda kosmonavtlarning ish qobiliyatini saqlash uchun g. k.da erdagi yashash va ishlash sharoiti (havo muhiti va gigienik muhit) yaratiladi. Hoz. Kk larda kislorod va azotning me’yordagi aralashmasi 0,0975—0,1 MPa bosimda, nisbiy namligi 45-60%, t-rasi esa 18-2 G da ushlab turiladi. G. k. germetiklik (zich berklik)ning buzilish hollarida kosmonavtlarning foydalanishi uchun himoya skafandrlari ko’zda tutiladi.