Geterogen reaktor

Geterogen reaktor – atom re- aktorit bir xili; unda yadro yonilg’isi (uran, plutoniy) faol (aktiv) zonaning boshqa elementlari va materiallaridan alohida o’rnatiladi. Yadro yonilg’isi b-n susaytirgich (fafit, suv, berilliy va h.k.) yaxlit sistemani tashkil qilmaydi, susaytirgichlar yadro yonilg’isiga nis- batan turlicha o’rnatiladi. Mac, atom elektr st-yasidagi uran-grafitli g. r.da uran tayoqchalari grafit bloklaridagi ish kanallariga o’rnatiladi. Issiqlik ajratadigan elementlarni sovitish uchun g. r.da katta (140 ATM) bosimli suv, geliy, ba’zi metallar (mas, natriy va b.) ishlatiladi. Bular yadro yonilg’isidan issiqlik olib, iste’molchiga etkazadi. Yonilg’i yadrolarining bo’linish reaktsiya- sini boshqarib turish uchun borli po’lat, bor yoki kadmiy karbid qo’llaniladi. G. r. i. t. o’tkazish, elektr energiya hamda boy- itilgan uran (yoki plutoniy) olish uchun o’rnatiladi.