Geteroploidiya

Geteroploidiya (Yun. getero…, plos bu erda — karrali va eidos — tur), aneuploidiya, polisemiya — organism hujayralarida xromosomalar sonining galloid soniga karrali bo’lmagan holda o’zgarishi. Geteroploidlarning yashovchan- ligi sust bo’ladi. G. odamda, drozofilada, g’o’za, bangidevona, g’alladoshlar va b.da topilgan. G’o’zada xromosomalar (x)ning asosiy soni — 13. Poliploid turlar- ning somatik hujayralaridagi xromoso- malar soni 2p=52 b-n, asosiy son bo’yicha esa ular tetraploid 4p=52 tarzida bel- gilanadi. Diploid turlar 2p=2x=26 ga ega. Somatik hujayralari 52 ta xromoso- Mali g’o’zalar meyozda 26 ta bivalentlar (ikkita gomologik xromosomalar) hosil qiladi va to’plamdagi har bir xromoso- masi o’z juftiga ega bo’lgan disomik (2p) hisoblanadi. To’plamda bitta xromosoma etishmagan (2p—1) holda monosomiklar vujudga keladi; bunday o’simliklarning somatik hujayralarida 51 ta xromosoma mavjudligi sababli meyozda 25 ta Biva- lent + 1 ta univalent (yakka xromosoma), ya’ni 252+1′ hosil qiladi. Ikki gomo- logik xromosoma (2p—2) ning etish- masligidan nullisomik (2p— 2=50; 252) lar shakllanadi. Asosiy to’plamga bitta xromosomaning qo’shilishidan trisomik (2p+1=53; 252+12+|), ikki- ta xromosoma qo’shilishidan tetraso- mik (2p+2=54; 252+2+12+2 yoki 252+14) lar paydo bo’ladi. Agar nullisomik- da bir juft gomologik xromosoma etishmasligi kuzatilsa, monosomik- da bitta (q. Gemizigotapik), Triva te- trasomiklarda uch va to’rtgacha juft- siz xromosomalar uchraydi. Juftdagi xromosomalardan birining yoki butun bir juftning yo’qolishi yoki, aksincha, qo’shilishi g’o’zaning fenotipida ma’lum o’zgarishlarga sabab bo’ladi [mas, changi gammanurlar b-n nurlantirilganidan so’ng olingan «pakana» radiomutanti ko’pgina miqdoriy va sifat belgilari- ning o’zgarganligi hamda aneuploid son- dagi xromosomalari b-n farq qiladi]. Somatik va jinsiy hujayralardagi ay- Rim juft xromosomalarning qutblarga ajralishidagi buzilishlar g.ga sabab bo’ladi. Shuning uchun g. meyotik va mi- totik bo’lishi mumkin (q. Meyoz, Mitoz). G. yordamida genotipdagi ayrim xro- mosomalar va genlarning irsiy ahamiyati, genotip evolyusiyasi, mono- som va nullisom genetik taxdil yo’li b-n turli belgilarning irsiylani- shi, xromosomalarning navlararo va yot turlararo almashinishi o’rganiladi. Abdusamat Egamberdiev.