Gemma

Gemma (lot. gemma — qimmatbaho tosh, dur) — o’yma tasvirli sayqallangan javohirlar, gliptika asari. Tasvir te- kis yuzadan chuqurlashtirib o’yib ish- lanadigan (intaliya) va zaminni o’yib bo’rtma tasvir hosil qilinadigan (ka- meya) turi farqlanadi. Qadimda va o’rta asrlarda g.ning tumor, uzuk ko’zi va b. alohida muhr vazifasini o’tovchi turi (intaliya) keng tarqalgan. U b-n maktub, hujjat, buyruqlar muhrlangan. G.da ko’pincha hayvon, odam tasvirlari, RAM- ziy belgilar va yozuvlar o’yib ishlangan. Hozir G. to’g’nog’ich, kulonlarda ishlatila- Di, uzukka o’rnatiladi.