Gemodinamika

Gemodinamika (gemo… va Di- namika )— tomirlarda qon oqishi; g. gidrostatik bosim tomirlar sistemasi- ning turli qismlarida turlicha bo’lishi tufayli ro’y beradi (ma’lumki qon yuqori bosimli sohadan past bosimli sohaga tomon oqadi). Bunda asosiy omil yurak qisqarishlari bo’lib, o’rtacha yoshda- gi odamning yuragi har qisqarganda to- mirlarga 60-70 ml yoki min.ga 4,5—5 l qon o’tkazadi. Yurakning min. lik hajmi deb ataladigan bu jarayon yurak-tomir- lar sistemasi faoliyatining asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Qon tomirla- rining elastikligi, ko’krak bo’shlig’ida bosimning manfiy bulishi, diafragma va skelet muskullarining qisqarishi tufayli qon tomirlar sistemasida to’xtovsiz oqib turadi. Shuning natija- sida kon b-n to’qimalar o’rtasida munta- zam ravishda moddalar almashinuvi ro’y beradi (q. Gomeostaz).